"Arsenal" hujumchisini sotishi mumkin

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
"Arsenal" vinger Gabriel Martinelli bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Braziliyalik futbolchi jarohati sabab fevral boshidan beri maydonga tushmayapti. "Goal" xabariga ko'ra, "kanonirlar" rahbariyati futbolchi uchun hozirgi transfer qiymatidan oshadigan takliflar kelib tushsa, uni sotish variantlarini o'rganib chiqishga tayyor.

Transfermarkt portali Gabriel Martinellini 55 mln evroga baholamoqda. 23 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan tuzgan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan va yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatini ichiga oladi.

Martinelli ushbu mavsum Mikel Arteta jamoasi uchun 35 o'yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal