"Arsenal" himoyachisiga La Liganing 3 klubi qiziqmoqda

Alisher
13 apr 2020, 13:14
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

25 yoshli futbolchining xizmatlariga "Atletiko", "Sevilya" va "Betis" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, ispaniyalik futbolchi boshqa Yevropa klublariga o'tish uchun ochiq va ularning takliflarini ko'rib chiqadi.

Eslatib o'tamiz, Belerin 2013 yildan beri "Arsenal" sharafini himoya qiladi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

Belerin joriy mavsum "Arsenal" safida 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: La Razon