"Arsenal" futbolchisini chetlatgan hakamga uni va ikki yoshli qizini o'ldirish bilan tahdid qilishdi

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2025, 00:56
"Arsenal" o'yinidagi mojaroli vaziyatdan so'ng hakam Maykl Oliverga o'lim bilan tahdid qilishdi.

Eslatib o'tamiz, "Vulverxempton"ga qarshi bahsda (1:0) "Arsenal" yarim himoyachisi Maylz Lyuis Skelli hakam tomonidan chetlatilgan edi.

To'pni raqibidan olib qo'yishga uringan Lyuis Skelli butsasining tag qismi bilan Mett Doertining oyog'iga zarba bergandi, shundan so'ng himoyachi maydonga quladi. Maykl Oliver 18 yoshli futbolchiga qizil kartochka ko'rsatdi.

Maykl Oliverning hamkasblar uning qarorini qo'llab-quvvatlashdi. O'yin davomida muxlislar tomonidan hakam nomiga haqoratli so'zlar aytildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, internetda Oliver va uning ikki yoshli qiziga o'lim bilan tahdid qilishgan. Rasmiylarning fikricha, ish faqat internetdagi xabarlar bilan to'xtaydi. Shunga qaramay poytaxt policiyasi ishni kerakli organlarga topshirishgan.

Ayni damda policiya hakam uyi atrofida qo'riqchilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail