"Arsenal" forvardi jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2021, 19:20
"Arsenal" hujumchisi Gabriel Martinelli Angliya chempionati 17-turi doirasidagi "Vest Xem"ga qarshi o'yinni (2:0) oxirigacha etkaza olmadi.

Birinchi gol muallifi uchrashuvning 82-daqiqasida jabrlandi va Edvard Nketia bilan almashtirildi.     

20 yoshli braziliyalik hujumchining jarohati bilan bog'liq tafsilotlar hali noma'lum. U tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Martinelli joriy mavsumda APL 10 o'yinida qatnashib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football London