"Arsenal" endi Rojers nomzodini ko'rib chiqmoqchi

Alisher
30 noya 2019, 12:20
"Lester" klubi ularning bosh murabbiyi Brendan Rojersga qiziqqan har qanday Angliya Premer-ligasi klubidan 14 million funt sterling miqdorida tovon puli talab qiladi.

Rojers "King Pauer" stadionini tark etishiga zarur bo'lgan summa katta, chunki "tulkilar" ustozi yaqinda klubga sodiqligini yana bir bor ta'kidlab o'tgandi.

"Tarixi va tayanch bazasi jihatidan "Lester" bu mamlakatdagi bazi yirik klublar darajasida bo'lmasligi mumkin. Ammo, murabbiy sifatida, agar siz klubda baxtli bo'lsangiz, ish joyingizni boshqa joydan qidirishga asos yo'q. "Lester" bilan ko'p narsaga erisha olishimizga ishonaman ", - deydi Brendan Rojers "Everton"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida.

Londonliklar Unai Emerini lavozimidan ozod etgach, "Arsenal" short-listiga Brendan Rojers ham tushib qoldi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph