"Arsenal" Arteta bilan shartnomani ikki yilga uzaytirmoqchi

Alisher
22 yanv 2022, 15:28
"Arsenal" bosh murabbiy Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Kanonirlar" rahbariyati 39 yoshli ispaniyalik bilan shartnomani ikki yilga uzaytirmoqchi.

Mutaxassis bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Arteta "Arsenal"ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarmoqda. Jamoa uning qo'l ostida Angliya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritdi. "To'pchilar" joriy mavsum APLda 20ta o'yindan so'ng 35 ochko jamg'argan holda, APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail