Arsen Venger "Liverpul" mashg'ulotiga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
25 avg 2021, 19:02
"Arsenal" sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger "Liverpul" mashg'ulotiga tashrif buyurdi.

Mashg'ulotlar paytida Venger Yurgen Kloppga (FIFA talqiniga ko'ra, 2020 yilning eng yaxshi murabbiyi), Alisson, Trent Aleksander-Arnold, Virgil van Deyk va Tiago Alkantaraga (FIFA talqiniga ko'ra, 2020 yilgi ramziy terma jamoaga kiritilgan) FIFA mukofotlarini topshirdi.

Arsen Venger hozirda FIFAda rivojlanish bo'limini boshqaradi. Fransiyalik mutaxassis 1996 yildan 2018 yilgacha "kanonirlar" ustozi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, "Liverpul" APLning navbatdagi turida 28 avgust kuni "Chelsi"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com