Arsen Venger: Bavariya odatdagidek tashabbusga ega bo'ladi

Narzulla Saydullayev
15 fev 2017, 09:10
Arsenal ustozi Arsen Venger YCHL 1/8 finali doirasidagi Bavariyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

Bavariya bilan oldingi o'yinlarni unutish kerak. Deyarli har yili ularga qarshi o'ynaymiz, raqibning asosiy maqsadi YCHLni yutish. Ikkinchi o'yin uyimizda bo'lishi ustunlik bag'ishlaydi, ammo birinchi bahsda yomon o'ynasak bu ustunlik yo'qqa chiqadi.

Bavariyadan doimgidek tashabbusga ega bo'lishini kutayapman. Ular to'p bilan ko'p muomala qilishadi. Yaxshi o'yin o'tkazishimiz kerak.

Darvozani Ospina qo'riqlaydi. Uning mahorati tufayli pley-offga chiqdik, – deydi Venger.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com