"Arne Slot – "Liverpul"ning yangi bosh murabbiyi!" – Fabricio Romano

Administrator
27 apr 2024
Kloppning o'rniga "Liverpul"ni kim boshqarishi aniq bo'ldi.

"Feyenoord" klubi bosh murabbiyi Arne Slot keyingi mavsumdan boshlab "Liverpul"ni boshqaradi. Mersisaydliklar "Feyenoord" klubi bilan tovon puli masalasi bo'yicha kelishib olishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Arne Slotning shaxsiy shartnomasi bo'yicha ham allaqachon kelishuvga erishilgan. Murabbiy keyingi mavsumdan Yurgen Kloppning o'rnini egallaydi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano