Armanistonda g'alati ishlar bo'lyapti. Chempionat yetakchisi musobaqadan chiqib ketishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 sen 2023, 18:51
"Pyunik" olti turdan beri mag'lubiyatga uchramasdan kelmoqda.

Bu ajoyib start edi, ammo futbol rahbariyatining qarori tufayli jamoada katta muammolar yuzaga keldi.

Armaniston Futbol Federatsiyasi klub va Abovyandagi stadion o'rtasidagi kelishuvni bekor qildi. Shuningdek, Erevan klubiga zaxira stadionidan foydalanishga ruxsat berilmadi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari umidsiz vaziyat haqida yozishmoqda: 

"Armanistonning eng nomdor klubi maydonsiz qoldi va katta ehtimol bilan yakka peshqadam chempionatni tark etishga majbur bo'ladi".

Klub Armaniston terma jamoasining Evro-2024 saralash bosqichidagi muhim o'yinlari oldidan izoh berishdan bosh tortdi. Jamoa ayni paytda 14 ochko bilan 1-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ