Argentina terma jamoasi JCH-2026 libosini taqdim etdi

Khoja
6 noya 2025
Argentina terma jamoasi AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionati uchun libosini taqdim etdi.

Argentina 2022 yilda Qatarda bo'lib o'tgan turnirda finalda Fransiyani mag'lub etib, g'oliblikni qo'lga kiritgandi.

Ushbu model eng yaxshi Adidas texnologiyalarini o'zida mujassam etgan bo'lib, 2026-yilda Kanada, AQSH va Mekcikada bo'lib o'tadigan asosiy futbol turnirida o'yinchilarni salqin va qulay saqlashga xizmat qiladi.

Argentina terma jamoasining uy libosida 1978, 1986 va 2022 yilgi chempionat liboslaridan ilhomlangan uch xil ochiq ko'k rangdagi ananaviy vertikal chiziqlar mavjud.

Argentina futbol assotsiatsiyasining rasmiy sayti xabariga ko'ra, yoqaning orqa tomonida Argentina futbol assotsiatsiyasining tashkil topgan yilini bildiruvchi o'ziga xos “1893” emblemasi ham bor.




KhojaMuallif
Manba: sports.ru