Argentina terma jamoasi darvozaboni Martines: "Men Messi uchun o'lishga tayyorman"

Alisher
19 iyul 2021, 12:10
Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines intervyularidan birida hujumchi Lionel Messi bilan munosabati haqida gapirdi.

Martines Messi bilan birgalikda Kopa Amerika-2021 yilning finalida Braziliya (1:0)ni mag'lubiyatga uchratgan holda, bosh sovringa ega chiqdi.

"Men u uchun hayotimni bera olaman, uning uchun o'lishga ham tayyorman. To'rt yoki besh oy oldin men unga o'zimdan oldin u Amerika Kubogini yutishi kerakligini aytgandim. Barcha argentinaliklar oxir-oqibat Leo ushbu sovrinni boshi uzra baland ko'tarishini xohlashgandi.

U har bir o'yinda bizni qutqaradi, Messi o'zini terma jamoaga bahsh etadi. Umid qilamanki, Biz unga Jahon chempionatini sovg'a qila olamiz", - deydi Martines.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Ole