Argentina Olimpiada-2016ga yo'llanmani qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
8 fev 2015, 13:10
Argentina olimpiya terma jamoasi 2016 yil Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiadaga yo'llanma oldi.
Yoshlar (U20) o'rtasida tashkil etilgan Janubiy Amerika chempionatida aynan Argentina chempion bo'ldi.

Argentinaliklar Montevideoda Urugvayni 2:1 hisobida taslim qilib chempion bo'lishdi. Guruhda ikkinchi o'rinni olgan Kolumbiya Olimpiadaga borish uchun KONKAKAF vakili bilan pley-offda ishtirok etadi. Kuchli uchlikni Urugvay yakunlab berdi.

Qizig'i musobaqada 10ta gol urib to'purar bo'lgan Jovanni Simeone Madridning Atletiko klubi ustozi Diego Simeonening o'g'li hisoblanadi.

Argentina 2004 va 2008 yillarda Olimpiada o'yinlari g'olibi bo'lib Londonda o'tgan musobaqaga yo'llanmani qo'lga kirita olmagan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com