Arda Turan va Aleysh Vidal "Barselona"da qaysi raqamda o'ynaydi?
Aslanov Jasurbek
4 yanv 2016
"Barselona" yarim himoyachilari Arda Turan va Aleysh Vidal 2016 yilning yanvar oyidan boshlab o'z jamoasining rasmiy uchrashuvlarida ishtirok eta oladi.
Kataloniya klubi rasmiy sayti bu ikki futbolchi mavsumning ikkinchi yarmida qaysi raqamlarda o'ynashini e'lon qildi.
Turkiyalik Arda Turan 7 raqamda o'ynaydi, bu raqamning sobiq egasi Pedro Rodriges ("Chelsi") edi, Vidalga esa 22 raqam berildi.