APLning ushbu mavsumida darvozaga kim eng ko'p zarba bergani aniq

Mirjalol Normatov
8 yanv 2023, 12:49
"Fulxem" forvardi Aleksandar Mitrovich APLda raqib darvozasi tomon zarba berish bo'yicha yetakchi.

Uning hisobida 69 zarba bor. Bu borada u 65 zarba bergan "Manchester Siti" forvardi Erling Xoland hamda "Tottenxem" yetakchisi Xarri Keynni ortda qoldirmoqda.

28 yoshli Mitrovichning transfer narxi 28 mln evro atrofida baholangan. U 2018 yildan buyon London klubi tarkibida o'ynaydi.

Ushbu mavsumda u APLda 11 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com