Aleksandar Mitrovich - "Manchester Yunayted"ning yangi maqsadi

Alisher Ostonov
26 iyul 2025
"Manchester Yunayted" "Al Hilol"ning serbiyalik forvardi Aleksandar Mitrovichning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, "qizil iblislar" futbolchini kuzatib bormoqda. Mitrovich uchun kurashda Ruben Amorim jamoasiga "Tottenxem" va "Nyukasl" raqib bo'lishga tayyor.

Aleksandr Mitrovich o'tgan mavsum "Al Hilol" safida Saudiya Arabistoni chempionatida 23 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/Ekremkonur