APLning ikki klubi "Yuventus" futbolchisi uchun raqobatlashmoqda

Alisher
8 iyun 2020, 18:14
"Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

25 yoshli italiyalik futbolchining xizmatlariga ikki klub qiziqish bildirmoqda. Gap Londonning "Arsenal" va "Vulverxempton" klublari haqida ketmoqda.

Ruganining o'zi ham o'yin amaliyoti kamligi sabab "Yuventus"dan ketmoqchi.

Daniele joriy mavsum "Yuventus" libosida A Seriya doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport