APLning ikki klubi "Napoli" hujumchisi Osimxen uchun kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022, 20:50
Nigerilik hujumchi Viktor Osimxen Angliya klublari e'tiborini tortdi, deydi jurnalist Nikolo Skira.

Insayderning ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi "Arsenal" va "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga tushgan.

Oldinroq neapolitanlar o'z yetakchilaridan birini 70 million evroga sotishga tayyor ekanliklari aytilgandi.

Osimxen joriy mavsumda "Napoli" uchun 16 o'yinda 9 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira