APLning boshqa bir klubi Mudrikni 100 mln. evro orqali ilib ketdi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2023, 22:55
"Arsenal" "Shaxtyor"ning vingeri bo'lmish Mixail Mudrikni qo'lga kiritish uchun rosa harakat qildi, ammo futbolchini boshqa klub ilib ketdi.

Bu haqda deyarli barcha Yevropa OAVda e'lon qilinmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu futbolchining transferiga "Chelsi" aralashgan. "Aristokratlar" Mudrik uchun rad etib bo'lmas 100 mln. evro taklif qilishdi. Doneck klubi birinchi muzokaralardayoq taklifni qabul qilgan. Tez orada "Chelsi" ushbu transfer haqida e'lon qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia