APLning birorta murabbiyi Mourinyoni bir mavsumda ikki bora mag'lub etmagan

Mirjalol Normatov
8 apr 2018, 14:05
Kecha Angliya Premer-ligasining 33-turi doirasida "Manchester Yunayted" "Manchester Siti"ni mag'lub etdi.

"Squawka" nashri tomonidan berilgan xabarga ko'ra, hali APLning birorta murabbiyi Joze Mourinyoni bir mavsumda ikki bora mag'lub etmagan ekan.

"Manchester Yunayted" ilk davrada "Old Trafford"da "Manchester Siti"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Portugaliyalik mutaxassis  2004-2007 va 2013-2015 yillarda "Chelsi"ni boshqargan. 2016 yildan to shu kunga qadar "Manchester Yunayted" ustozi sifatida ishlab kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Squawka