APLning 4 ta klubi PSJ hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

Khoja
6 avg 2025, 10:10
PSJ hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Portugaliyalik hujumchisiga "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Aston Villa" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli futbolchining o'zi esa ko'proq o'yin amaliyoti beradigan jamoaga o'tishni reja qilgan. 

O'tgan mavsum Ramush 46 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 19 ta gol va 6 ta golli uzatma bor. Transfermarkt futbolchini 40 million evroga baholagan. Uning PSJ bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com