APLda mart oyining eng yaxshilari aniqlandi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2016, 10:45
Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiy va futbolchisi aniqlandi.

Eng yaxshi futbolchi sovrini Garri Keynga nasib etdi. U Mart oyidagi 4 uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Klaudio Raneri esa mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning jamoasi bahorning ilk oyida o'tkazgan 4 uchrashuvdan 3 tasida g'alaba qozonib, bittasida durang o'ynagan.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia