APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023, 19:05
Ro'yxatda 6 nafar futbolchi bor.

Angliya Premer-ligasi rasmiy saytida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum qilindi.

Da'vogarlar ro'yxatida "Nottingem Forest" hujumchisi Tayvo Avoniyi (3 o'yin, 3 gol), "Vest Xem" vingeri Jarrod Bouen (3 o'yin, 2 gol, 1 golli uzatma), "Tottenxem" yarim himoyachisi Jeyms Meddison (3 o'yin, 1 gol, 2 golli uzatma), "Brentford" vingeri Brian Mbemo (3 o'yin, 3 gol), "Brayton" vingeri Kaoru Mitoma (3 o'yin, 1 gol, 2 golli uzatma) va "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri (3 o'yin, 2 gol, 1 golli uzatma) bor.

Bu yerda o'z nomzodingizga ovoz berishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com