Salahning dubli “Liverpul”ga muhim g'alabani taqdim etdi

Eldor Akmurzayev
31 yanv 2021, 23:20
Angliya chempionati 21-turidan o'rin olgan “Vest Xem” – “Liverpul” o'rtasidagi bahs yakunlandi.

"Vest Xem" – "Liverpul" 1:3

21.30, "Olimpiyskiy stadion"
GOL: 57 - Salah 0:1, 68 - Salah 0:2, 84 - Veynaldum 0:3, 87 - Douson 1:3

"Vest Xem" – Fabianski, Coufal, Douson, Kressuell, Ogbonna, Rays, Souchek, Bouen, Fornals, Benraxma, Antonio.

"Liverpul" – Alisson, Fillips, Aleksander-Arnold, Robertson, Xenderson, Tiago Alkantara, Veynaldum, Shakiri, Milner, Saloh, Origi.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

Burchak zarbasini amalga oshirgan mezbonlar hisobni qisqartirishga erishishmoqda

87. GOOOOOOOL. Douson hisobni qisqartirmoqda

Mehmonlarning uchinchi golida hujum chizig'ining deyarli barcha vakillari ishtirok etdi va hal qiluvchi zarbani niderlandiyalik futbolchi berib, hisobni 0:3 ko'rinishga keltirdi

84. GOOOOOOOOOL. Veynaldum hisobni yirik ko'rinishga keltirmoqda

80. O'zgarish: Origining o'rniga  Aleks Oksleyd-Chemberlen maydonga tushdi

75. ZARBA. Salah jarima maydonchasi tashqarisidan zarba yo'lladi, biroq noaniq

69. O'zgarish: Uchrashuvda ancha faol harakat qilga Shakiri maydonni tark etdi, uning o'rniga Firmino tushdi

Mezbonlar burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq to'p Aleksander-Arnoldga kelib tushdi. Arnold Shakiriga pas berdi, Shakiri esa bittada Salahga uzatdi. Salah bo'lsa vaziyatidan unumli foydalandi

68. GOOOOOOOOL. Salahdan dubl!

62. O'zgarish: Fornals maydonni tark etdi, uning o'rniga  Yarmolenko maydonga tushdi

Hozirgina maydonga tushgan Jons Salahga ajoyib uzatmani amalga oshirdi. Salah esa jarima maydonchasining ichidan ajoyib gol urmoqda

57. GOOOOOOOOOOL. SALAH hisobni ochdi

57. O'zgarish: Milner uchun uchrashuv yakunlandi. Uning o'rniga Jons maydonda harakat qiladi

56. ZARBAAAA. Vest Xem tezkor qarshi hujumni tashkil qildi. Biroq Antonioning zarbasiga biroq aniqlik yetishmadi

50. ZARBAAAA. Origi jarima maydonchasining ichidan kuchli zarba yo'lladi, biroq noaniq.

49. Ogohlantirish: Souchek Xendersonga qo'pollik ishlatdi va ogolantirildi.

49. UXXXX. Salah yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq himoyachilar to'pni qaytarishmoqda.

47. Ogohlantirish: Mezbonlar sardori Rays qo'pol o'ynadi va sariq kartochka oldi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi

45. ZARBAAAA. Salah jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p to'g'ri darvozaboning qo'liga bordi

45. UXXXXX. Tiagodan zargarona uzatma, biroq Origining zarbasiga aniqlik yetishmadi

42. ZARBA. Uchrashuvda ilk bor to'p darvozabonga bordi. Mezbonlarning hujumi qanotdan yaxshi tus oldi va qanotdan uzatilgan to'pni Antonio boshi bilan zarba yo'lladi, biroq zarba kuchsiz!

40. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanishga besh daqiqa qoldi. Hozircha ikki jamao ham raqib darvozasiga aniq zarba yo'llamadi

27. ZARBAAA. Shakiri jarima maydonchasining ichida kuchli zarba yo'lladi, biroq Douson qahramonlik ko'rsatib to'pni burchakka chiqarib yubordi

24. ZARBA. Mezbonlar jarima maydonchasiga kirib borishdi va bir nechta zarba yo'llashdi, biroq hech bir zarba darvozabonga qadar yetib bormadi

15. To'pga egalik qilish bo'yicha 74%-26% mehmonlar foydasiga. Biroq hozircha  Liverpul tayinli hujum tashkil qilmadi

10. Uchrashuvning dastlabki o'n daqiqasi yakunlandi. Hozircha jamoalar ancha ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

5. ZARBAAA. Shakiri Origiga yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq belgiyalik hujumchining zarbasiga aniqlik yetishmadi

2. Mehmonlar himoyachisi Robertson qanotdan uzatmani amalga oshirdi, biroq to'p himoyachilarga tegib burchakka chiqib ketdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI !

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia