APL. "Vest Xem" ketma-ket to'rtinchi o'yinda gol o'tkazib yubormadi

Mirjalol Normatov
3 yanv 2024, 02:29
APLning 20-turi yakunlandi.

Turning so'nggi bahsida "Vest Xem" o'z maydonida "Brayton"ga qarshi bahs olib bordi. Unda tomonlar nursiz durang qayd etishdi.

Ma'lumot uchun, "Vest Xem" APLdagi so'nggi to'rt o'yinida gol o'tkazib yubormadi. Bu orada jamoa "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Vulverxempton" kabi jamoalarni mag'lub qildi. Undan oldin London klubi derbida "Fulxem"ga 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi.

Vest Xem – Brayton 0:0

"Olimpiya stadioni"

Vest Xem – Areolya, Jonson, Ogbonna, Mavropanos, Emerson, Uord-Prouz, Souchek, Fornals, Alvares, Benraxma (Mubama, 73), Bouen.

Brayton – Stil, Uebster (Moder, 74), van Xekke, Estupinyan, Milner, Gross, Gilmor, Buonanotte (Lallana, 74), Xinshelvud, Uelbek (Fergyuson, 67), Joao Pedro.

Ogohlantirish: Jonson (31).

APL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia