APL top-hujumchilari Neftlix loyihasida rol o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
22 mar 2024, 14:38
Holand, Uotkins va Saloh hujjatli film qahramonlari bo'lish ehtimoli bor.

Angliya Premer-ligasining 3 nafar yetakchi hujumchisi Neftlix kompaniyasining yangi hujjatli filmida suratga tushadi.

Xabar qilinishicha, Neftlix bilan bog'liq prodakshn-kompaniya "Manchester Siti" futbolchisi Erling Holand, "Liverpul" o'yinchisi Muhammad Saloh va "Aston Villa" a'zosi Olli Uotkinsga murojaat qilgan. Hujjatli film gol urish sanatiga bag'ishlanadi.

Holand joriy mavsum 29 ta, Saloh 21 ta va Uotkins 19 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Insider Sport