APL. "Oltin qo'lqop" kimga topshirildi?

Aslanov Jasurbek
21 may 2017, 21:10
Angliya Premer-ligasining 2016/17 mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

Antonio Konte qo'l ostidagi "Chelsi" muddatidan avval chempionat g'olibiga aylandi.

APLning "Oltin qo'lqopi" "aristokratlar" posboni Tibo Kurtuaga topshirildi. Belgiyalik joriy mavsumdagi 16 ta uchrashuvda darvozasini quruq saqlashga muvaffaq bo'ldi. Keyingi o'rinlarni quyidagilar egalladi:

Ugo Loris - 15 ta o'yin

David de Xea - 14

Freyzer Forster - 14

Petr Chex - 12



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia