APL muxlislari uchun yoqimsiz xabar

Aslanov Jasurbek
7 dek 2024, 13:51
APLning 15-tur o'yinlarini ochib beruvchi bahs qoldirildi.

"Noqulay ob-havo tufayli bugungi Mersisayd derbisi qoldirildi" - deyiladi "Everton" sahifasida.

Liverpul shahr kengashi Darrag bo'roni tufayli uchrashuv boshqa kuni o'tkazilishini tasdiqladi.

Juma kuni meteorologlar sariq darajali ob-havo xavfi borligi haqida xabar berishgan edi. Ushbu bo'ron tufayli Angliyaning quyi ligalarida ham bir nechta o'yinlar qoldirilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/Everton