

Unda jamoalar murosa ko'chasini tanlashdi. E'tiborlisi, "Chelsi" mavsumning birinchi qismidagi singari "Siti"dan ochko tortib olyapti. Bu "shaharliklar" raqobatchilari "Liverpul" va "Arsenal" uchun esa ayni muddao bo'lmoqda.
Angliya chempionati
25-tur
Manchester Siti – Chelsi 1:1
Etixad Stedium
Gollar: 0:1 – 42 Sterling, 1:1 – 83 Rodri.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Ake, Foden, de Bryuyne, Rodri, Holand, Alvares (Bernardu Silva, 64), Doku.
Chelsi – Petrovich, Gyusto, Disasi, Koluill, Chiluell, Gallaxer, Fernandes, Palmer (Chaloba, 71), Kaysedo, Sterling (Nkunku, 64), Jekson (Kazadei, 82).
Ogohlantirishlar: Kaysedo (35), Palmer (60), Petrovich (62), Bernardu Silva (85).






