APL klublari qachon mashg'ulotlarga qaytadi?

Eldor Akmurzayev
20 mar 2020, 22:00
Liga rahbariyati chiqargan qarorga qaramasdan, bazi ingliz klublari yaqin orada mashg'ulotga kirishadi, ayrimlari esa tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Bu haqda Daily Mirror xabar tarqatgan.

Manbaga ko'ra, 8 jamoa odatiy mashg'ulotlarga qaytish arafasida turibdi.

“Arsenal” - 24 mart, seshanba kuni mashg'ulotlarni davom ettirishadi

“Aston Villa” - noma'lum

“Bornmut” - 23 mart, dushanba

“Brayton” - kecha, 19 mart payshanba kuni qaytishgan

“Byornli” - odatdagidek mashg'ulot o'tkazmoqda

"Chelsi" - 23 mart, dushanba

“Kristal Pelas” - 25 mart, chorshanba

“Everton” - noma'lum

“Liverpul” - noma'lum

“Lester” - noma'lum

“Man Siti” - noma'lum

"Manchester Yunayted" - futbolchilarga uyda yolg'iz mashq qilish belgilandi

“Nyukasl” - 26 mart, payshanba

“Norvich” - 25 mart, chorshanba

“Sheffild Yunayted” - noma'lum

"Sautgempton" - futbolchilarga uyda yolg'iz mashq qilish belgilandi

"Tottenxem" - odatdagidek mashg'ulot o'tkazmoqda

“Uotford” - kecha, 19 mart payshanba kuni qaytishgan

"Vest Xem" - mashg'ulot bazasi noma'lum muddatga yopilgan

“Vulverxempton” – 18 mart chorshanba kuni qaytishgan

Eslatib o'tamiz, dastlab, chempionat o'yinlari 4 aprelga qadar to'xtatib turilishi belgilangan edi. Biroq, keyinroq bu muddat 30 aprelga qadar uzaytirildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mirror