APL klublari Dembeleni xarid qilmoqchi

Alisher
23 iyun 2024, 14:48
PSJ yozgi transfer oynasida hujumchi Usmon Dembeleni sotishi mumkin.

Fransiyalik o'yinchi faoliyatini Saudiya Arabistoni va Angliyada davom ettirishi mumkin. O'yinchiga APLdan "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Nyukasl" qiziqmoqda.

Usmon va parijliklar o'rtasidagi kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Forvard o'tgan mavsum Liga 1 doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Todofichajes