APL klubida iste'fo yuz berdi

Aslanov Jasurbek
3 dek 2018, 15:20
Ayni damda Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turgan "Sautgempton" klubida iste'fo yuz berdi.

"Avliyolar" va ularning ustozi Mark Xyuz hamkorlikni to'xtatdi. Klub rahbariyati muvaffaqiyatsiz natijalardan so'ng mutaxassis bilan xayrlashishga qaror qildi.

Vaqtincha uning o'rnini yordamchi murabbiy Kelvin Devis egallab turadi.

"Sautgempton" joriy mavsum APLda 14ta o'yin o'tkazib, ularning 1tasida g'alabaga erishdi, 6ta o'yin esa durang bilan yakunlandi, qolgan 9ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etildi.

APL turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/SouthamptonFC