"Sautgempton" Xyuz hisobiga 6 mln. funt o'tkazib berdi

Aslanov Jasurbek
4 dek 2018, 14:46
Kecha, 3 dekabr kuni "Sautgempton" va Mark Xyuz hamkorlikni to'xtatishdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "avliyolar" mutaxassisga shartnomani muddatidan avval bekor qilish uchun 6 mln. funt to'lab berdi. Jamoani APLda saqlab qolgan Xyuz joriy yilning may oyida klub bilan yangi 3 yillik bitim imzolagan edi.

"Sautgempton"ning navbatdagi bahsida ("Tottenxem"ga qarshi) jamoani Xyuz assistenti Kelvin Devis boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail