APL jamoasining sakkiz futbolchisida koronavirus alomatlari aniqlandi

Eldor Akmurzayev
28 mar 2020, 21:00
COVID-19 infekciyasini yuqtirgan “Vest Xem” a'zolari izolyaciyaga joylashtirilgan.

Klubning 8 ‘azosida koronavirus alomatlari aniqlangan.

“Ularning barchasida engil alomatlar mavjud. Xotirjamlik bilan shuni aytamanki, hozirda ular o'z oilalari bilan va o'zlarini yaxshi his etishmoqda.

Premer-liga vakillari o'rtasida o'tkazilgan oxirgi uchrashuvda imkon qadar futbolga tezroq qaytishga kelishib olgandik. Agar kerak bo'lsa, mavsumni yakunlash uchun bahslarni iyul oyida o'tkazamiz. Bu biz amalga oshirmoqchi bo'lgan rejamizdir.

Balkim, uchrashuvlar muxlislarsiz o'tkazilar, buni esa hech kim istamaydi”, deydi klub vice-prezidenti Kerren Bredi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun