APL. Eng oxirgi o'rindagi klub darvozaboni eng birinchi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2017, 09:35
Kuni kecha Angliya premer-ligasida 18-tur bahslari o'z yakuniga etdi.

Mana shu ortda qolgan 18ta tur davomida "Suonsi" darvozaboni Lukash Fabianski eng ko'p seyv qilgan posbon bo'ldi - 72. Undan keyingi o'rinni MYU darvozaboni David De Xea egalab turibdi - 69. Keyingi pog'onalarda Freyzer Forster "Sautgempton" va Kasper Shmeyxel "Lester" borishmoqda.

Ma'lumot uchun, "Suonsi" ayni paytda Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalida eng so'nggi o'rinni egallab turibdi.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/premierleague