Fabianski: "Shesnini o'zimdan kuchli deb hisoblamayman"
Aziz Tukhtamuradov
3 iyun 2014, 21:19
"Arsenal"dan "Suonsi"ga o'tishi kutilayotgan Lukash Fabianski klub asosiy darvozabonidan kuchsiz emasligini aytib o'tdi.
"Shesni mendan kuchli? Yo'q, men bunday hisoblamayman. Albatta, men bir qancha xatolarga yo'l qo'yardim. Lekin, umid qilamanki, muxlislar meni o'ynashimga jarohatlar xalal berganini biladilar", - deydi darvozabon.