

Manbaga ko'ra, agar koronavirus tufayli musobaqaning joriy mavsumi davom etmaydigan bo'lsa, Premer-liga ishtirokchilarining ko'p qismi “Liverpul”ning chempionligiga qarshilik bildirmasligini ma'lum qilishgan.
Shunday bo'lsa, u holda chempionatni hech qaysi klub tark etmaydi va 2020/21 yilgi mavsum jamoalar soni 22taga etkaziladi. Qo'shimcha 2 o'ringa Chempionship yetakchilari ega bo'lishadi. Hozircha bu kvotaga “Lids” hamda “Vest Bromvich” da'vogarlik qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionati 4 aprelda davom ettirilishi kutilmoqda.




