Anzur Ismoilov jamoasi Modest goli tufayli 2 ochkoni qo'ldan chiqardi

Aslanov Jasurbek
20 avg 2017, 16:11
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov to'p tepadigan "Chanchun Yatay" klubi Xitoy chempionatining 23-turida "Tyanczin Shanxay"ni qabul qildi.

Futbolchimiz o'tgan turda qizil kartochka olgan edi va shu sababli 23-tur uchrashuvida maydonga tushmadi.

"Chanchun Yatay" - "Tyanczin Shanxay" 1:1

Gollar: Marino 45, Modest 90.

Xitoy chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia