Anvar Rajabov: "Standart vaziyatlar ustida ishlganimiz qo'l keldi"

Narzulla Saydullayev
15 may 2016, 14:34
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" (5:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Anvar Rajabov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin zo'r bo'ldi. Namanganlik futbol muxlislarini tabriklayman. Bugun tez gol o'tkazdik. O'zimizni yo'qotib qo'ymay tezda javob berganimiz bizga qo'l keldi. Deyarli barcha gollar standart vaziyatlardan keyin urildi. Mashg'ulotlar vaqtida buning ustida ko'p ishlaganimiz bugun o'z samarasi berdi", - deydi Anvar Rajabov.

"Navbahor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia