

Bugun jamoamiz ikkinchi nazorat uchrashuvini "Navbahor"ga qarshi o'tkazishadi. Shundan so'ng jamoa Buxoroga qaytadi va bevosita kubok bahsiga tayyorgarlik ko'radi.
Asta-sekinlik bilan jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar bilan rasmiy kelishuvga erishilmoqda. Hozirgina Buxoro maktabi tarbiyalanuvchisi Anvar Rajabov bilan shartnoma imzolandi. Mavsum so'ngiga qadar Rajabov "Buxoro" futbolchisi sifatida faoliyat yuritadi.



