Anvar Berdiev: "Keraksiz vaziyatlarda ochko yo'qotganimiz bizga pand berdi"

Narzulla Saydullayev
6 noya 2019, 20:53
A PRO-Liga 27-turidan o'rin olgan “Istiqlol” – “Oq-tepa” (5:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Anvar Berdiev saytmizga intervyu berdi.

- Anvar aka, 27-tur uchrashuvlari yakuniga ko'ra, “Istiqlol” jamoasi A PRO-Ligada 2-o'rinni qo'lga kiritishi aniq bo'lib ulgurdi. Ushbu natija bilan tabriklaymiz...
- Avvalambor, tabrik uchun rahmat! Joriy mavsum biz uchun og'ir o'tdi. Bizni oxirgi turda “Sho'rtan”ga qarshi qiyin uchrashuv kutib turibdi. Ochig'i bugun “Xorazm” o'z maydonida “Sho'rtan”ni mag'lub etganini sizdan eshitdim. A PRO-Ligada ikkinchi o'rin yomon natija emas. Hammaga ma'lum A PRO-Ligada kuchli jamoalar jam bo'lgan.

Ushbu natija bilan jamoamizning barcha a'zolari va muxlislarimizni tabriklayman. Shuningdek jamoamizni muntazam ravishda qo'llab-quvvatlab kelayotgan xomiyimizga, jamoamiz rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman.

Mavsum avvalida jamoamizga A PRO-Ligada g'olib chiqib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan edi. Afsuski, bu vazifani uddalay olmadik. O'sha ikkinchi davra boshida “Oq-tepa”ga o'z maydonimizda mag'lub bo'lganimiz, shuningdek uy uchrashuvimizda “Mashal” jamoasiga yutqazganimiz bizga yakunda 1-o'rinni olishimizga to'sqinlik qildi. Keraksiz vaziyatlarda ochko yo'qotganligimiz bizga pand berdi.

Yana bir bor jamoamiz rahbariyati va xomiylarimizga, jamoamiz muxlislariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, – deydi Anvar Berdiev.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia