Antonio - "Vest Xem"ning APLdagi eng yaxshi to'purari

Sherzod Nurmatov
24 avg 2021
Londonning "Vest Xem" klubi hujumchisi Maykl Antonio klub rekordini o'rnatdi.

31 yoshli futbolchi APL doirasida "bolg'achilar" tarixidan joy oldi. 

Angliyalik goleadorning "Lester"ga qarshi o'yindagi (4:1) dubli Premer-ligada kiritgan 49-to'pi bo'ldi. U bu ko'rsatkich bo'yicha Paolo Di Kanio (47)dan o'zib ketdi.

Antonio "Vest Xem"ga 2015 yilda kelgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: whufc.com