Antonio "Vest Xem" bilan shartnomani 2024 yilga qadar shartnomani uzaytiradi

Alisher
10 dek 2021, 11:01
"Vest Xem" hujumchisi Maykl Antonio klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, yamaykalik forvard londonliklar bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnomani uzaytiradi.

31 yoshli o'yinchining amaldagi shartnomasi 2022/23 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan.

Antonio joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 5ta assist qayd etdi.





O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira