Antonio Konte: "Ispaniya bizning o'yinimizdan qo'rqishini istayman"

27 iyun 2016, 04:32
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte Yevropa chempionati nimchorak final doirasidagi Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- Ispaniya jahonning eng kuchli jamoalardan bittasi ekanligini bilamiz. Raqibni hurmat qilamiz. "Qizil furiya" Yevropa chempionatida g'oliblikka asosiy da'vogarlardan biri sanaladi. Ularga qarshi bahsga juda qattiq tayyorgarlik ko'rdik va jiddiy bellashuvga shaymiz. Bu o'yin qaysidir jamoa uchun musobaqadagi oxirgi bahs bo'ladi. Ko'pchilik bizning himoyachilarimizga qiyin bo'lishini gapirmoqda, ammo men shuni xohlardimki, Ispaniya bizning o'yinimizdan qo'rqsin. Ispaniya shunchaki g'alaba qozona olmaydi. Ular bizdan kuchli ekanliklarini amalda isbotlashlari kerak. Himoyamiz yaxshi, ammo hujum chizig'imiz ham yomon emasligini eslatmoqchiman. Ertaga sensaciya qayd etishga urinib ko'ramiz.

Smartfon yutishni istaysizmi, unda marhamat! Shartlar esa bu yerda >>>> TANLOV


O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com