Antonio Konte: “Imkoniyatlarimizdan foydalana olmayapmiz”

22 iyun 2020, 07:58
“Inter” ustozi “Sampdoriya”ga qarshi bahsdan (2:1) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Biz o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalanmayapmiz. Ammo qaytarib aytaman - bu jamoaning jismoniy holati bilan bog'liq emas. Biz bunday holatni Italiya Kubogi yarim finalida “Napoli”ga qarshi o'yinda ham ko'rdik. Raqibga kerak yagona narsa - bitta omadli rikoshet. Bu o'yin bizga shu kabi bahslarni sport jihatidan “o'ldirish”ni o'rgatishi lozim. Eriksen endi bizga moslashyapti. Kelajakda u ko'plab gollar uradi deb o'ylayman”, - deydi Konte.

“Inter” kelasi turda “Sassuolo”ni o'z uyida qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia