Antonio Konte: Chelsi kuchli xarakter namoyish etdi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2016
Chelsi ustozi Antonio Konte Manchester Sitiga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirdi.

O'ylashimcha, bugun juda qiynaldik. Bahs oxirigacha shiddatli kechdi. Ikkala jamoada gollar urish uchun imkoniyat bo'ldi. Jamoam juda kuchli xarakter namoyish etdi. Biz oldinga intilishda davom etishimiz va o'yinimizni yanada kuchaytirishimiz kerak.

Fabregas yaxshi o'yin o'tkazdi. Doim unga ishonishim mumkinligini bilaman.

Diego Kosta o'z hissiyotini to'g'ri yo'naltira olishini ko'rsatib bermoqda. Juda xursandman, – deydi Konte.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com