

"Bu rost. "Liverpul"ga o'tishga, Muhammad Salohning o'rnini egallashga yaqin edim, shunday bo'lgan taqdirda faoliyatim qanday kechardi, hech kim bilmaydi. Yakunda "Manchester Yunayted"ni tanladim. U yerda vaqtimni yaxshi o'tkazdim, qarorim to'g'ri bo'lgan deb hisoblayman.
Saloh - uzoq yillardan beri yuqori darajadagi o'yin ko'rsatayotgan aqlbovar qilmas futbolchi. U rostdan ham jamoa uchun kerakli inson. Biroq ayni damda uni eng zo'r futbolchi deyish qiyin, ammo "Oltin to'p"ni olish uchun asosiy da'vogar bo'lib turibdi", - dedi Antoni.
Antoni 2022 yil yozida "Liverpul"ga o'tishi mumkin bo'lgandi. Biroq u 95 mln evro evaziga "Manchester Yunayted"ga transfer qilindi.



