Anri Liga 1 autsayderini boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2022, 19:44
"Bordo" bosh murabbiyni o'zgartirish haqida bosh qotirmoqda.

Manbaga ko'ra, klub tez orada Vladimir Petkovichni iste'foga chiqaradi.

Shveytsariyalik mutaxassis o'rniga Terri Anri nomzodi ko'rib chiqilyapti.

44 yoshli fransiyalik ayni paytda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. U ilgari "Monako" va "Monreal Impakt"da mustaqil ish yuritgan.

"Bordo" Fransiya chempionati joriy mavsumida 17 ochko to'plagan holda 19-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport