Anri Fransiya klubini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
21 avg 2018, 17:25
"Arsenal" sobiq hujumchisi Terri Anri bosh murabbiyga aylanishi mumkin.

Uning vakillari "Bordo" bilan muzokaralarni boshlashdi. Oldinroq, Gustavo Poyet ushbu klub murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan edi.

Anri haqidagi ma'lumotni "Arsenal" sobiq ustozi Arsen Venger tasdiqladi.

"Ha, u shuni xohlayapti. Anri aqlli, unda bu ish uchun etarli sifatlar bor" - deydi Venger.

Anri ayni damda Belgiya terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports