Angliyaning Evro-2024 uchun qaydnomasida Markus Reshford uchun joy topilmadi

Omonjon To`xtamirzayev
21 may 2024, 17:57
"Manchester Yunayted" vingeri Markus Reshford qita chempionatini televizor orqali tomosha qiladi.

Garet Sautgeyt musobaqa uchun qaydnomaga Markus Reshfordni kiritmaslikka qaror qildi. 

Avvalroq, futbolchining sport formasi va o'yinlari murabbiyda etarlicha ijobiy taassurot qoldirmayotgani haqida xabarlar chiqqandi.  

26 yoshli futbolchi joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida APLning 33 o'yinida maydonga tushirildi va 7 ta gol urib, 2 ta golli uzatma etkazib berdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Athletic